Olimlar ogʻriq qoldiruvchi ohang yaratdilar

19:35 22 Sentyabr 2021 Dunyo
1088 0

Illyustrativ foto

Irlandiyaning Dublin universiteti olimlari tomonidan ogʻriq qoldiruvchi ohang yaratildi. 

Hozirda ushbu tadqiqot natijalari nashrga tayyorlanmoqda. Olimlar koʻp musiqachi bilan hamkorlikda kompozitsiya yaratish uchun baʼzi musiqiy elementlar ogʻriqni idrok etishga qanday taʼsir qilishi haqidagi maʼlumotlardan foydalanishdi. Kompozitsiyada ogʻriq, ajablantirish, ilhom berish va shunchaki chalgʻitish uchun moʻljallangan ohanglar ishlatilgan. 

Bosh, mushak, bel sohasida qattiq ogʻriqdan aziyat chekkan 286 nafar koʻngilli ustida sinov oʻtkazilganda ishtirokchilarning aksariyati yoqimsiz hislarni kamayganini bildirgan.

Mutaxassislarning izohlashicha, musiqa nafaqat ogʻriqdan chalgʻitadi, balki bu jarayondan chiqishga ham yordam beradi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?