Tadqiqot xulosasi: Ochlik odamlarni badjahl qiladi

21:47 07 Iyul 2022 Dunyo
909 0

Foto: Depositphotos

Ochlik odamni badjahl qiladi. Bu Buyuk Britaniyaning Angliya Raskin universiteti psixologlari tomonidan tasdiqlandi

Koʻp odamlar ochlik paytida asabiylashishni boshdan kechirishadi, ingliz tilida hatto “hangry” atamasi ham bor, bu ham badjahl, ham och odam degan maʼnoni anglatadi. Biroq, ilmiy nuqtayi nazardan, bu munosabatlar hali oʻrganilmagan.

Mutaxassislar Markaziy Yevropadan 64 nafar katta yoshli ishtirokchilarni tanlab oldilar. Tadqiqotchilar 21 kun davomida subyektlarning kunlik ochlik darajasi va hissiy koʻrsatkichlarini qayd etishdi. Ishtirokchilar kuniga besh marta ochlik darajasini va bunga parallel ravishda boshdan kechirgan his-tuygʻularini qayd etishlari kerak edi. Buning uchun smartfonlar uchun maxsus dastur ishlab chiqildi. Yigʻilgan maʼlumotlar koʻrsatkichlarga tashqi sharoitlar, xususan, ofisda yoki uyda ishlash qanday taʼsir qilishini tushunishga imkon berdi.

Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, och odam kuchli gʻazab va asabiylashishga moyil boʻladi, shuningdek, kamroq zavq oladi. Bu taʼsir yoshi, jinsi, tana massasi indeksi va ovqatlanish odatlaridan qatʼi nazar, barcha ishtirokchilar uchun bir xil edi.

Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, salbiy his-tuygʻular ham ochlikning kunlik tebranishlari, ham ochlikning qoldiq darajasi — ovqatdan keyin bir muncha vaqt davom etadigan ochlik darajasidan kelib chiqadi.

“Bizning tadqiqotimiz ochlik tufayli yuzaga keladigan salbiy his-tuygʻularni yumshatish usullarini taqdim etmasa ham, maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, ularning his-tuygʻularini tushunish qobiliyati odamlarga oʻz holatini tartibga solishga yordam beradi. Yaʼni, bizning asabiyligimiz tashqi sharoitlar bilan emas, balki shunchaki ochligimiz bilan bogʻliqligini tan olish kerak. Shunday qilib, biz salbiy his-tuygʻularni nazorat qilish va ularning oldini olish imkoniyatiga ega boʻlamiz”, deydi tadqiqotning yetakchi muallifi, professor Viren Svami.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?