Olimlar koronavirusning insonda qanday kechishi uning vazniga ham bogʻliqligini aniqladi

03:12 02 May 2021 Dunyo
1042 0

Nafaqat ortiqcha vaznli, balki kam vaznli bemorlarda ham “COVID-19» ogʻir kechish xavfi mavjud ekan.

“Lancet Diabetes & Endocrinology” jurnalida chop etilgan tadqiqot xulosalarida shu haqda soʻz yuritilgan.

Qayd etilishicha, tadqiqot mualliflari tana massasi indeksi (TMI) va kasallikning ogʻir kechishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash uchun Buyuk Britaniyada birinchi toʻlqin vaqtida virusni yuqtirib, kasalxonaga murojaat qilgan 6,9 million bemorning tibbiy maʼlumotlarini sinchkovlik bilan oʻrganib chiqishgan.

Olimlar TMI 23dan yuqori boʻlgan odamlarda asoratlar xavfi ortib borishini aniqlashgan. Xususan, har bir birlik TMI uchun xavf darajasining oʻsishi oʻrtacha 5 foizni tashkil etgan.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, 20 dan 39 yoshgacha boʻlgan ortiqcha vazn ega bemorlarda “COVID-19» ogʻir oʻtishi maʼlum boʻlgan.

Shu bois tadqiqot mualliflari ortiqcha vaznga ega odamlarni birinchi navbatda emlash zarur, degan fikrga kelishgan.

Shuningdek, TMI darajasi past (18,5dan kam) boʻlgan bemorlarda kasallik ogʻir kechishi oydinlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?