Olimlar infeksiyadan imkon qadar tezroq qanday qutulish mumkinligini aniqladilar

Illyustrativ foto
Kanadaning Alberta universiteti olimlari tana haroratining oʻrtacha koʻtarilishi baliqlarga bakterial infeksiyadan tezda xalos boʻlishga va shikastlangan toʻqimalarni tiklashga yordam berishini aniqladilar.
Qayd etilishicha, tana haroratining oshishi tananing infeksiyaga normal reaksiyasidir. Isitma tushiruvchi preparatlar isitma bilan birga keladigan noqulaylikni yengillatsada, yangi tadqiqot shuni koʻrsatmoqdaki, ular immunitet tizimiga ham xalaqit berishi mumkin.
Tadqiqotchilar bakterial infeksiyaga chalingan baliqlarda sunʼiy ravishda isitmani qoʻzgʻatdilar. Eʼtiborli jihati, ularning xatti-harakati isitmasi boʻlgan odamlarning xatti-harakatlariga oʻxshagan.
Kuzatishlar yakunida olimlar isitmasi boʻlgan baliqlar isitmasi boʻlmagan baliqlarga qaraganda tezroq infeksiyadan xalos boʻlishlarini aniqladilar. Bundan tashqari, isitma yalligʻlanishni kamaytirgan va kasallikdan zararlangan toʻqimalarni tiklashga yordam bergan.
Mualliflarning fikricha, oʻrtacha koʻtarilgan haroratni saqlash odamlardagi yuqumli kasalliklarni davolashda foydali boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, isitma ikkilamchi teri infeksiyalarining oldini olishga yordam beradi va jarohatni davolashni osonlashtiradi.
Biroq, olimlar bu xulosalar ilmiy jihatdan tasdiqlanishi uchun koʻproq insonlarda tadqiqotlar oʻtkazish kerakligini taʼkidlashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring