Olimlar global miqyosda “fosfogeddon” tahdididan ogohlantirmoqda

Illyustrativ foto
Fosfordan haddan tashqari koʻp foydalanish global oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan zaxiralarni tugatmoqda va iqlim inqirozini yanada kuchaytirmoqda.
Bu haqda “The Guardian” Buyuk Britaniyaning Lankaster universiteti professori Fil Xeygart va Bristol universiteti professori Penni Jonsning tahlillariga tayanib yozmoqda.
Nashrning qayd etishicha, fosfordan noratsional foydalanish oʻgʻitlarning keskin tanqisligiga olib kelishi mumkin. Bu esa oziq-ovqat ishlab chiqarishni izdan chiqaradi.
Bundan tashqari, fosfat oʻgʻitlari dalalarni yuvib, suv havzalariga kirib, dengizlar hayotini nobud qiladigan “oʻlik zonalar”ni yaratmoqda. Shuningdek, undan ortiqcha foydalanish metan chiqindilarini koʻpaytiradi. Buning oqibatida global isish va iqlim inqirozi yanada kuchayadi.
“Biz fosfordan qanday foydalanish borasida ancha aqlli boʻlishimiz kerak. Agar buni qilmasak, bizni «fosfogeddon” deb atagan falokat kutmoqda», deydi professor Xaygart.
Dunyoda yiliga 50 million tonnaga yaqin fosforli oʻgʻitlar sotiladi. Uning katta zaxiralari Marokash, Xitoy, Jazoir va Gʻarbiy Sahroi Kabirda joylashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring