Olimlar Yer yuziga yaqinlashib kelayotgan jiddiy falokat haqida ogohlantirdilar

23:00 27 May 2021 Dunyo
925 0

Foto: NASA

AQSH olimlari Antarktidada muzliklarning erishi Nyu-York va Shanxay kabi sohillarda joylashgan shaharlarning mavjudligini shubha ostiga qoʻyishi haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda batafsil rhys.org saytida maqola eʼlon qilindi.

Sayyoramizning harorati koʻtarilgach, Arktika muzlari eriy boshlaydi. Bu toʻgʻridan-toʻgʻri odamlarning hayotiga taʼsir qiladi. 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu mintaqada global isish natijasida Jahon okeanlari sathining 60 metrga koʻtarilishiga olib keladigan muz bor.

“Biz allaqachon ushbu muammoning dastlabki belgilarini koʻrmoqdamiz”, deyiladi maqolada.

Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, muzliklarning erishi atigi bir necha oʻn yilliklar ichida nazoratdan chiqib ketishi mumkin. Shu bilan birga, issiqxona gazlarining kamayishi ham katta ehtimol bilan falokatning oldini olmaydi.

Issiqxona gazlari chiqindilarining amaldagi holatida Antarktika muz qatlamini 2060-yilga kelib eritish uchun eng muhim chegaradan oʻtib ketadi. 2100-yilga kelib suv darajasi bugundan oʻn baravar tez koʻtariladi, deya xulosa qilmoqda mutaxassislar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?