Olimlar chang boʻronidan keyin choʻkkan chang tarkibini oʻrganib chiqdi

13:59 09 Noyabr 2021 Jamiyat
227 0

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi va OʻzR FA Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan poytaxtimizda tarqalgan chang boʻronidan keyin choʻkkan chang tarkibi oʻrganib chiqildi. 

Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Chang tahlili uchun namunalar poytaxtimizning Olmazor tumani “Beruniy” metro bekati va Mirzo Ulugʻbek tumanining «Akadem shaharchasi» hududlaridan olindi. Chang tarkibi SmartSEM dasturiy taʼminot yordamida 100 mkm.dan 1 mkm.gacha boʻlgan turli masshtablarda olindi.

Namunalar SEM - EVO MA 10 (Zeiss, Germaniya), Panalytical Empyrean rentgen difraktometri, Agilent 7890B gaz xromatografi kabi qurilmalarda tahlil qilindi. Uskunalar ishi Data Collector dasturi yordamida nazorat qilindi.

Natijalar shuni koʻrsatadiki, chang hajmi 5 mikrongacha boʻlib, bu kattalikdagi chang zarralari ancha zararsizdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?