Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 1-bosqich talabalari uchun muhim eʼlonni maʼlum qildi

21:22 04 Sentyabr 2021 Jamiyat
2076 0

Unda shunday deyiladi:

"2021/2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6 cyentyabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentyabrdan eʼtiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.

Maʼlumki, yangi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.

Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari umumiy tartibda 6-sentyabrdan boshlanadi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?