Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining javobi deputatlarni qoniqtirdimi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “Oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan yuborilgan Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. Toshqulovning javobi atroflicha koʻrib chiqildi.
Parlament soʻroviga javobda qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim tizimida xalqaro hamkorlik sezilarli darajada jadallashdi. Xususan, xorijiy oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, boshqa taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari koʻlami yildan-yilga kengaymoqda. Bugungi kunga kelib respublikamiz OTMlarining xorijiy hamkor OTMlar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan tuzgan xalqaro shartnomalari 2 900 taga yaqin boʻlib, ular MDH davlatlari, Yevropa, Amerika va Osiyodagi ilgʻor OTMlar va taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan.
Yurtimizda sohada yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bevosita ishtirokini taʼminlash maqsadida soʻnggi besh yilda 22 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasining filiallari tashkil etilib, ularning soni 29 taga yetdi.
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 5-iyundagi qaroriga muvofiq, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab xorijdagi OTMlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini ochish yoʻlga qoʻyildi. Mazkur dasturlar 2018-yilda 15 ta oliy taʼlim muassasasida qabul koʻrsatkichlari 1130 ta boʻlgan boʻlsa, 2020-yilda 58 ta OTMlarida qabul koʻrsatkichlari 8124 taga yetdi.
Vazir javobiga koʻra, oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorlik dasturlari va xorijiy grantlar doirasida 1084 nafar professor-oʻqituvchilar xorijiy oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborildi.
Shu bilan birga, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish maqsadida 711 nafar xorijiy yetakchi olimlar, mutaxassis-amaliyotchilar va yuqori malakali oʻqituvchilar tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklariga oʻquv mashgʻulotlarini, soha mutaxassislariga mahorat darslarini oʻtish uchun jalb etildi.
Majlisda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. Toshqulovning javobi maʼlumot uchun qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring