Toshqulov talabalar oʻqishga kirishdan tashqari bitirishda ham DТМ orqali imtihon topshirishi kerakligi haqida gapirdi

17:20 22 May 2021 Jamiyat
823 0

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov “Toshkent besh tashabbus harakati” festivali doirasidagi ochiq muloqotda ishtirok etmoqda. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA xabar berdi.

«Bu bizni dardimiz. Butun dunyo oliy taʼlim muassasalarida qabul jarayoni qanday bilasizlar, yaʼni qabul oson, oʻqish qiyin. Bizda esa bu teskaridek tuyuladi. Oʻqishga kirish ogʻir, lekin oʻqish va bitirish oson. Siz va men xorijdagi tizimni xohlayapmiz. Lekin bitta masala bizda, oʻzbekchilikda 300 kishidan ming kishigacha oshlarimiz bor ekan, talabani oʻqishdan chetlatib boʻlmaydi. Maʼnosini tushundingiz-a?!

Bu degani bizda ham xorijdagi kabi tizim boʻlmaydi degani emas. 

Oliy taʼlim muassasalarimizda yaxshi oʻzlashtirmayotgan talaba kursidan qolsagina shunday boʻladi. 

Hozir nima boʻlyapti?!!", dedi vazir.

Shuning uchrashuv davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Prezident korrupsiyaga qarshi kurashda oliy taʼlimning korrupsiyalashgani haqida taʼkidlashiga toʻxtaldi.

«Men uyalib aytyapman bu gapni. Hozir kamayib boryapti, lekin baribir bor. Korrupsiya deganda konvertga pul solib berishni tushunish kerakmas. Telefonda iltimos qilish ham korrupsiyani bir turi. Yoki oʻqituvchini farzandi, jiyani haydalmaydi, begona haydalib ketadi. Bu ham korrupsiyani bir yoʻnalishi», dedi Toshqulov.

Taʼlim muassasalaridagi korrupsion holat haqida gapirar ekan, Oliy taʼlim vaziri talabalarni bitirayotgan vaqtda ham imtihondan oʻtishini taklif qildi.

“Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishda abituriyentlar Davlat test markazining imtihonidan oʻtishadi. Men istaymanki, davlat attestatsiyalari ham Davlat test markazi orqali boʻlsin. Bu osonroq boʻladi. Kirishdagidek ogʻir boʻlmaydi”, dedi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?