Oliy taʼlim, transport... Prezident ayrim soha rahbarlari nega ishdan olinganini aytdi

21:16 18 Yanvar 2021 Siyosat
1084 0

Avvalroq, Prezident huzurida yigʻilish oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.

Unda qayd etilishicha, soʻnggi 4 yilda 2 mingga yaqin farmon va qarorlar qabul qilingan. Lekin hudud va tashkilotlarda ularning bajarilishi qoniqarli emas.

Koronavirus pandemiyasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qator yoʻnalishlarda muammolar borligini koʻrsatdi. Oliy taʼlim, transport, suv xoʻjaligi, davlat mulkini boshqarish sohalaridagi islohotlar kutilgan natijani bermayapti. Shu sababli mazkur sohalar rahbarlari ishdan olindi. Yana bir qator vazir va vazir oʻrinbosarlari faoliyati qoniqarsiz deb topilib, ularga intizomiy jazo qoʻllanildi.

– Ijro tizimidagi eng katta muammo – dunyoqarash oʻzgarmayotgani, bilimsizlik va masʼuliyatsizlik, – dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?