Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari uchun qancha vaqt ajratiladi?

12:42 23 Iyun 2023 Jamiyat
625 0

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) har 30 ta test topshirigʻiga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda 2023/2024 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirigʻi uchun 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud boʻlsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar boʻyicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan boʻyicha 30 ta test topshirigʻi uchun 1 soat vaqt beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?