Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Yaponiyaning Sukuba universitetiga tashrif buyurdi

15:03 05 Oktyabr 2023 Jamiyat
656 0

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov 1-3-oktyabr kunlari Yaponiyaning Kioto shahrida boʻlib oʻtadigan “Fan va texnologiyalar vazirlarining davra suhbati” hamda “Jamiyatda fan va texnologiyalar” forumida ishtirok etish uchun Yaponiyaga yetib keldi.

I. Abdurahmonov tashrifini Sukuba universiteti dasturlari bilan tanishishni  boshladi. Mazkur universitet Top Global University Project loyihasida Yaponiya hukumati tomonidan eng yaxshi toʻqqizta oliygohlar qatoriga kiritilgan.

Vazir I. Abdurahmonov Sukuba universiteti rektori Kyosuke Nagata bilan uchrashdi. Uchrashuvda tadqiqotchilar almashinuvi, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari malakasini oshirish, qoʻshma ilmiy dasturlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 

I. Abdurahmonov  mazkur universitetning Markaziy Osiyo inson resurslarini rivojlantirish markazida tahsil olayotgan talabalar bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida vazir universitet professorlari va talabalariga oliy taʼlim sohasidagi  islohotlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan NIPCA dasturi borasida fikr almashildi.

Tsukuba universitetining 2019-yildan beri amalga oshirilayotgan NIPCA dasturi Markaziy Osiyo mamlakatlarida inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, har yili mazkur loyiha doirasida 50 nafar talabaga Yaponiya fondi granti taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер