Oliy sud surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishi boʻyicha rasmiy bayonot berdi

18:39 08 Fevral 2021 Jamiyat
1828 0

Oliy sud bloger O.S. ishi boʻyicha bayonot berdi.

2021-yil 1-fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining yopiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi «v» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan, ijtimoiy tarmoqlarda “bloger, faol fuqaro” deya tavsiflanayotgan O. S. ga nisbatan Termiz shahar prokuraturasining “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi sud tomonidan koʻrib chiqilib, qanoatlantirilgan.

Jinoyat-protsessual kodeksining 242-moddasi (qamoqqa olish) talabiga muvofiq ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha qoʻllaniladi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 243-moddasi (qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi) ga asosan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya sudlov hayʼatining 2021-yil 5-fevraldagi ajrimi bilan jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudining 2021-yil 1-fevraldagi ajrimi oʻzgarishsiz qoldirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?