Oliy sud sovet tuzumi davrida qatagʻon qurboni boʻlgan 115 nafar shaxsni oqladi

01:46 26 Avgust 2021 Jamiyat
746 0

Prezidentimizning 2020-yil 8-oktyabrdagi “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoyishi qabul qilingan edi.

Farmoyishning ijrosini taʼminlash maqsadida qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish, ularning xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish Respublika ishchi guruhi va qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Yoʻl xaritasining 5-bandida qatagʻon qurbonlarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar koʻlamini kengaytirish uchun masʼullarga vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish masalasi belgilangan.

Yoʻl xaritasining 10-bandida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga koʻra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatagʻon qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish belgilandi.

Qatagʻon qurbonlarining reabilitatsiyasi boʻyicha masala oʻrganib chiqildi hamda Respublika ishchi guruhiga takliflar koʻrib chiqish uchun yuborildi.

Bundan tashqari, Oliy sud raisining 2021-yil 9-fevraldagi Farmoyishiga binoan, muayyan sabablarga koʻra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatagʻon qurbonlarining nomlarini oqlash va ularning xotirasini abadiylashtirish masalalari boʻyicha ishlarni amalga oshirish maqsadida ishchi guruhi tuzilgan.

Shuningdek, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, respublika ishchi guruhi aʼzosi B. Hasanov tomonidan 2021-yil 7-yanvar kuni mustabid sovet tuzumi davrida qatagʻon qurboni boʻlgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan shaxslarning roʻyxati taqdim qilingan.

Mazkur shaxslarning yetti nafariga nisbatan jinoyat ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining arxivida saqlanayotganligi aniqlanib, jinoyat ishlari chaqirtirilgan.

Oliy sudga 2021-yil 24-fevralda 115 nafar shaxsga nisbatan 6 ta jinoyat ishi kelib tushgan boʻlib, ishchi guruhi tomonidan oʻrganib chiqilgan.

Mazkur jinoyat ishlarida sud majlisi bayonnomasi yoki sud hujjatlari (hukm yoki boshqacha qaror) mavjud emasligi, ishlarda faqatgina OGPUning uchlik majlisi bayonnomasidan koʻchirma borligi aniqlangan.

Jumladan:

1. Nosirxon toʻra (Nasыrxan Tyurya Said Kamalxon Tyuryayev) va boshqalarga oid (92 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.

1930-yil 27-oktyabrdagi suddan tashqari OGPUning uchlik majlisi bayonnomasi koʻchirmasiga koʻra:

Mansurbay Shirgaziyev, Mat Ibragim Urunbayev, Djurabay Karы Mir Isxakov, Toxtasun Baltabayev, Xamra Xodja Mallya Xodjayev, Abbasxan Karы Aziz Xodjayev, Xalmirza Umurzakov, Xodjibay Abdubayev, Akramxan Tyurya Mallya Xodjayev, Muxamadiyev Axmadsha, Xasanbay Rustamov, Abdu Gani Sadыkbayev – Oʻzbekiston SSR JKning 78, 14-78 va 67-moddalari bilan otib tashlangan;

Abdujalil Mamatshayev, Mulla Fazыl Babamuxamedov, Mulla Nugman Karimov, Mulla Sabit Tashmatov, Madat Babakulov, Raimbay Urumbayev, Mulla Usman Karы Dadabayev, Yuldashev Mulla Tadjibay – 10 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Mulla Israil Sadыkbayev, Mama Zakir Shukurbayev, Mulla Turdы Ashirmatov, Abduxalil Abdurazakov, Muxamed Sadыk Maxmudbayev, Allyaxan Abdulla Xodjayev – 8 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Xasan Xan Nasыrxan Tyuryayev, Abdulla Karы Katta Sheyxov – 6 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Kurbanbay Yusupbayev, Mulla Djurabay Bachebayev, Imam Ali Kasыmbayev, Mamed Ali Said Muratov, Axmed Ali Said Muratov, Damulladjan Abulkasыmov, Mulla Alixan Azizbayev, Abdul Axad Nishanbayev, Saydulla Maksudov, Dada Xodja Appak Xodjayev, Mat Ibragim Baratbayev, Mulla Abdulxay Karы Dadabayev, Zikriya Xodja Akramxanov, Abduxalыk Abdugafarov – 5 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Xodjam Berdы Madaminov, Karimbay Saidbayev, Raxmatulla Abdu Vaxabov, Askar Ali Abduvaxabov, Abduraxman Tapildыbayev, Muxamedsha Kanoatshayev, Tyuryabay Kadыrkulov, Xashimbay Xakimbayev, Mamarasul Tyuryabayev, Ata Mirza Abduraximov, Mulla Abdukadыr Mamad Karimov, Payzыbay Usmanov, Saidbay Ustababayev, Nuretdin Karы Asadullayev, Mulla Askar Nazarmatov, Sayfetdin Karы Abdujalilov, Baxram Maksudov, Inamdjan Karы Muxamed Aminov, Abdulladjan Karы Madraimov, Mulla Axmad Ali Abdu Fattaxov, Baltabay Urazaliyev, Mulla Mumin Rustamov – 3 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Isakdjan Alibayev, Isametdin Xodji Nurmamedov, Mulla Mamadjan Karabayev – 2 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Nur Muxamed Ustababayev, Barat Uzakbayev, Abdulladjan Madali Xodjayev, Dada Mirza Abduvaxidov, Muyetdinxan Shaidxan Xodjayev, Isanbay Urazbayev – 1 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;

Xodjixan Mulla Karimbayev, Dadadjan Abul Kasыmov, Imamxan Mumin Xodjayev, Baba Muxamed Dadadjanov, Shukurbay Shir Aliyev, Abdulla Bay Mansurbayev, Xalmamad Ustababayev, Ilmiyamin Yusupbayev, Uzakbay Lolakariyev, Akbar Xodji Abdu Vaxabov – Oʻzbekiston SSR JKning 58, 67, 78, 14-78-moddalari bilan ularning OGPU uchlik majlisiga qadar qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinganlar.

Mavjud ish materiallaridan aniqlanishicha, ushbu jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida oʻtgan barcha shaxslar hibsga olingach, dastlab ayblovni inkor qilib kelgan boʻlsada, soʻng tayziqlar ostida ayblariga iqrorlik bildirib koʻrsatuv berganliklari soʻroq bayonnomasida oʻz ifodasini topgan, ularning oʻrtasida yuzlashtirish oʻtkazilmasdan, faqat bergan koʻrsatuvlari ishga tikilgan.

2. Ibragimbek Chakabayev va boshqalarga oid (16 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.

OGPUning 1932-yil 13-apreldagi bayonnomasidan koʻchirma mavjud. Biroq OGPUning hukmi mavjud emas.

1932-yil 13-aprelda Ibragim bek Chakabayev, Abdukayum Parvanachi Ulayev, Ishan Isaxan Mansurxanov, Alimardon Datxo Muxamedov, Sulayman Salaxutdinov, Kur Artыk Ashirov, Mulla Niyaz Parvanachi Xakimov, Mulla Axmad Biy Saidov, Tashmat Xodja Berdiyev, Azim Marka Astanakulov, Kuganbek Shiraliyev, Shaxasan Imankulov, Mirzakayum Cherov, Kugan Kendjayev, Alyat Palvan Ilʼmirzayev, Ishan Palvan Baxadur Zadega oid jinoyat ishi OGPU tomonidan koʻrib chiqilib, otib oʻldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Mazkur jinoyat ishi sud tomonidan koʻrib chiqilmagan, jinoyat ishida sud hukmi yoki bayonnomasi mavjud emas.

3. Teregulov Osman Igmatulovich va boshqalarga oid (4 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.

Maʼmuriy surgun qilish Komissiyasining 1922-yil 5-martdagi qaroriga koʻra, Teregulov Osman Igmatulovich, Yungerov Aleksandr Vasilevich, Muratov Iskandar Isxakovich va Gaynulin Zagidlulla Gayduloyevich JK 60-moddasiga asosan aybdor deb topilishib, O. Teregulov – 3 yil konslagerda, A. Yungerov 2 yil konslagerda jazo oʻtashi belgilangan;

I. Muratov va Z. Gaynulin javobgarlikdan ozod qilinib, Turkiston, Bashkiriya, Tatariston va Kavkaz Respublikalarida yashash huquqidan mahrum qilingan.

Xorazm Respublikasi favqulotdagi sessiyasi Oliy Revolyutsiya Tribunali tomonidan 1922-yil 18-noyabr kuni JK 40-moddasiga asosan Teregulov Osman Igmatulovich, Yungerov Aleksandr Vasilevich, Muratov Iskandar Isxakovich va Gaynulin Zagidlulla Gayduloyevich otishga hukm qilingan.

Ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishlari alohida ish yurituvga ajratilgan.

4. Daminov Latifga oid jinoyat ishi yuzasidan.

SSSR Oliy sud harbiy hayʼati sayyor sudining 1938-yil 15-oktyabrdagi hukmiga koʻra, L. Daminov – otishga hukm qilinib, mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

1938-yil 15-oktyabrdagi maʼlumotnomaga koʻra, Daminov Latifni otish haqidagi hukm ijrosi amalga oshirilganligi koʻrsatilgan.

5. Sultanov Gafurga oid jinoyat ishi yuzasidan.

1930-yil 27-oktyabrdagi Markaziy Osiyo Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashi qarori bilan Oʻzbekiston SSR JK 58-modda 2-qismi (qurolli toʻdalar, sovet hududiga qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelishi) va 59-modda 3-qismi (Chet el davlatlari bilan aksilinqilobiy maqsadlarda aloqada boʻlish) boʻyicha aybdor deb topilgan va otuvga hukm qilingan.

6. Kiramov Kivamga oid jinoyat ishi yuzasidan.

SSSR Oliy sudi harbiy hayʼatining 1938-yil 9-oktyabrdagi hukmiga koʻra, JK 58,64 va 67-moddalari bilan K. Kiramov otuvga hukm qilinib, barcha mol-mulki musodara qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari tomonidan yuqorida koʻrsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan tegishli tartibda Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga protestlar keltirilgan.

2021-yil 25-avgust kuni ushbu jinoyat ishlari Oliy sud raisi oʻrinbosari Ikrom Muslimov raisligida oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida koʻrib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi va JPKning 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi boʻyicha 115 nafar shaxs oqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?