“UzAuto Motors” vakili sudga sud majlisini yopiq tarzda oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma kiritdi

Bugun, 2-oktyabr kuni, Toshkent shahar maʼmuriy sudida “UzAutoMotors” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi shikoyat arizasini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni boshlandi.
Ushbu maʼmuriy ish sudya Gʻ. Davlatov raisligida koʻrilmoqda.
Bugungi sud majlisida taraflarning shaxsi aniqlanib, ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.
Shuningdek, arizachi - “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati vakili tomonidan sudga sud majlisini yopiq tarzda oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma kiritdi.
Mazkur iltimosnoma yuzasidan taraflar fikri soʻralganidan soʻng, sud oʻz oʻrnida ajrim qilib, mazkur iltimosnoma ishni koʻrish jarayonida taraflar tomonidan davlat siri bilan bogʻliq maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan hujjatlar sud muhokamasida koʻrilishi uchun taqdim etilganidan soʻnggina muhokama qilinishi uchun ochiq qoldirildi va sud ishni mazmunan koʻrib chiqishni boshladi.
Dastlab soʻz navbati “UzAuto Motors” AJ vakiliga taqdim etilib, vakil oʻz vajida javobgar - Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻtkazilgan tekshirish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktyabrdagi 239-sonli qarori notoʻgʻri tadbiq etilganligi, “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarga narxlar shakllantirilishida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tadbiq etilishi lozimligi, jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning narxini kelishish jamiyatning Kuzatuv kengashi vakolatiga kirishi toʻgʻrisidagi vajlar bildirib oʻtildi.
Shuningdek, arizachi vakili tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 18-bandi talablari buzilgan holda qaror qabul qilinganligi, chunki Maxsus komissiya yigʻilishini oʻtkazishni boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma kiritilgan boʻlsada, “UzAuto Motors” AJga yozma fikr va dalillarni taqdim etish huquqi cheklanganligini bildirdi.
Javobgar vakili tomonidan arizachining vajlariga nisbatan fikr-mulohazalari tinglanganidan soʻng, mazkur vajlarga nisbatan qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etishi toʻgʻrisida fikr bildirildi va sud muhokamasi taqdim etilgan qoʻshimcha dalillarni oʻrganish hamda sud majlisini yopiq tarzda oʻtkazish uchun kiritilgan iltimosnoma yuzasidan hujjatlarni oʻrganish uchun keyinga qoldirildi.
Keyingi sud majlisi 2020-yil 9-oktyabr kuni soat 11.00 da oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring