Oliy sud xonanda Jasur Umirov ishi boʻyicha bayonot berdi

09:34 11 Iyun 2021 Jamiyat
417 0

Jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudining 2021-yil 2-fevraldagi hukmiga koʻra, J. U. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2021-yil 12-martdagi ajrimi bilan ushbu hukm oʻzgarishsiz qoldirilgan.

2021-yil 8-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining yopiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi va sudlangan J. U. ning advokati tomonidan kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari asosida ushbu jinoyat ishi koʻrib chiqilib, J. U. ga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudining 2021-yil 2-fevraldagi hukmi va Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2021-yil 12-martdagi ajrimi oʻzgartirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining ajrimiga koʻra, J. U. ga Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllanilib, unga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) 1-qismi talablariga muvofiq ushbu jinoyat ishiga oid boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?