Oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun yillik toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi 

22:56 08 Sentyabr 2021 Jamiyat
1534 0

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

Bunda, oliy taʼlim muassasalarining KUNDUZGI taʼlim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?