Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasi vakillari bilan onlayn muloqot qildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va YEXHT DIIHB Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova, Vakil oʻrinbosari - Bola huquqlari boʻyicha vakil A.Yunusova hamda Ombudsman Kotibiyati vakillari, Yangi ovoz berish texnologiyalari boʻyicha YEXHT DIIHBning saylovlar boʻyicha katta maslahatchisi Vladimir Misev va YEXHT DIIHB saylovlar boʻyicha maslahatchisi Kseniya Dashutsina ishtirok etdi.
Uchrashuvda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2022-yilning yarim yillik faoliyatiga toʻxtalindi. Qayd etilishicha, joriy yildan mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktablari” loyihasi amalga oshirilmoqda. Respublikaning chekka chekka hududlarining quyi qismlarida yaʼni mahalladarda oʻtkaziladigan tadbirlarda oʻsha hudud uchun dolzarb boʻlgan mavzular Ombudsmanga yuborilgan murojaatlar tahlili asosida tanlanib, tegishli mutasaddi tashkilotlar mansabdor shaxslari tomonidan aholiga maʼlumot beriladi.
Oʻzaro muloqot davomida Ombudsmanning xalqaro pozitsiyasini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar, ilk marotaba oʻtkazilgan Markaziy Osiyo Ombudsmanlari forumi hamda unda imzolangan hamkorlik memorandumlarning ahamiyati hamda Ombudsmanning Konstitutsiyaviy islohotlardagi ishtiroki haqida soʻz bordi.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Parlamenti Kengashining qoʻshma qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha mustaqil komissiya tuzilganligi, Ombudsman Komissiya raisi etib tasdiqlanganligi, shuningdek komissiya tarkibiga Parlament aʼzolari, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro NNT, “Huquqiy tayanch” NNT, Shvetsiyaning “Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi” NNT, fuqarolik jamiyati vakillari, professor oʻqituvchilar hamda yozuvchilar kiritilganligi va hozirda Komissiya aʼzolari guruhlarga boʻlingan holda joylarga chiqib, fuqarolar bilan uchrashib maʼlumotlar toʻplayotgani va tahlil qilinayotgani aytildi.
Uchrashuv doʻstona, ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring