Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Toshkent shahrida aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

Shu yil 24-mart kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Toshkent shahrida qator uchrashuvlar oʻtkazdi. Xususan, Chilonzor tumani hokimligida Chilonzor, Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Yunusobod tumanlarining barcha mahallalaridagi xotin-qizlar faollari bilan boʻlib oʻtgan muloqotda mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlarga, shu jumladan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, taʼlim olishlari, kasb-hunar oʻrganishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi. Bu jarayonlar yangi tahrirda tayyorlanib, umumxalq muhokamasiga havola etilgan Konstitutsiya bilan mustahkamlanishi qayd etildi.
Yangihayot tumanidagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yangi tashkil etilgan oʻquv markazi faoliyati bilan tanishildi hamda, tinglovchilar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Markaz Yangihayot va Sergeli tumanidagi ishsiz va band boʻlmagan aholini kasbga oʻqitish, qayta oʻqitish va malakasini oshirishga ixtisoslashgan boʻlib, bu yerda fuqarolar 11 ta kasbga oʻqitilmoqda.
Markaz tinglovchilari va oʻqituvchilari bilan kechgan muloqotda yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrishi ham mustahkamlanayotganiga urgʻu berildi. Qolaversa, davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi hamda ragʻbatlantirishi aks ettirilayotgani aytib oʻtildi.
Bu yangi norma ish bilan taʼminlanmagan fuqarolarni kambagʻallik holatiga tushib qolishining oldi olishga yoki kambagʻallik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish boʻyicha davlat tomonidan tegishli choralar koʻrilishiga konstitutsiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Osiyo o‘yinlarining birinchi kunini O‘zbekiston 4ta medal bilan boshladi. Fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring