Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif bilan boradi

22:38 09 Aprel 2021 Siyosat
459 0

2021-yil 13-16-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga (Moskva va Sankt- Peterburg) rasmiy tashrifi boʻlib oʻtadi.

Tashrif davomida Moskva shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi V.Matviyenko va Davlat Dumasi Spikeri V.Volodin bilan uchrashuvi hamda Oʻzbekiston va Rossiya parlamentlarining yuqori palatalari oʻrtasida hamkorlik boʻyicha komissiyasining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etishi kutilmoqda.

2021-yil 15-16-aprel kunlari delegatsiya aʼzolari Sankt-Peterburg shahrida boʻlib, MDH Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?