Oliy Majlis Senati manbasi aniq koʻrsatilmagan turli axborot, maʼlumot va yangiliklarga ishonib qolmaslikni soʻradi

09:08 27 Iyul 2022 Siyosat
291 0

Ayni kunlarda axborot almashinuvi tezkorligi sabab maʼlumotlarning xolis yoki noxolis, asosli yoki asossiz ekanligini ajratishda qiyinchiliklar hamda tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.

Oʻz navbatida, Internet foydalanuvchilari Senat faoliyati bilan bogʻliq barcha yangiliklarni www.senat.uz rasmiy saytidan hamda https://t.me/senatuz telegram messenjeridan olishlari maqsadga muvofiqdir.

Asosi yoʻq, mazmunan xato, manbasi aniq koʻrsatilmagan turli axborot, maʼlumot va yangiliklarga ishonib qolmasliklarini soʻrab qolamiz, deyiladi xabarda.

Senat faoliyati bilan bogʻliq axborotlarga aniqlik kiritish yuzasidan Senatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, elektron pochtasi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?