Oliy Majlis Senati ishchi guruhi Fargʻonada aholi salomatligi masalalari boʻyicha oʻrganish olib boradi

19:40 15 Mart 2022 Jamiyat
463 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyati hokimligida Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlis Senati ishchi guruhi tomonidan viloyatda aholi orasida eng koʻp tarqalgan va erta oʻlimga asosiy sabab boʻlayotgan kasalliklarni aniqlash, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilishi maʼlum qilindi. Oʻz navbatida profilaktik maxsus tibbiy jihozlar bilan bepul taʼminlash hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish holati yuzasidan olib boriladigan tahlillarni tizimli tashkil qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Senat ishchi guruhi, xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyasi aʼzolari, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda tegishli tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirok etgan, videokonferensaloqa shaklidagi muloqotda tuman va shahardan tegishli idoralar masʼullari qatnashdi.

Fargʻona viloyati boʻylab 14-16-mart kunlari oʻtkaziladigan oʻrganish natijalari Senat qoʻmitasining xalq deputatlari viloyat Kengashi bilan birgalikda boʻladigan sayyor majlisida muhokama qilinadi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?