Oliy Majlis Senati binosida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika koʻrik-tanlovining yakuniy bosqichi oʻtkaziladi

12:10 02 Mart 2022 Jamiyat
569 0

2022-yilning 4-mart kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika koʻrik-tanlovining yakuniy bosqichi oʻtkaziladi. 

Oliy Majlis Senati binosida boʻlib oʻtadigan ushbu tadbirda tanlovning respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi. 

Maʼlumot uchun, mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida 3864 nafar, viloyatlar bosqichlarida esa 732 nafar ishtirokchi beshta nominatsiya boʻyicha bellashdi. 

Respublika bosqichida 14 ta hududdan jami 70 nafar ishtirokchi orasidan gʻoliblar aniqlanib, diplomlar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?