Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Rossiya Federatsiyasi Majlisi Federal Kengashi Raisi bilan uchrashdi

19:23 06 Iyul 2022 Siyosat
566 0

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov Rossiya Federatsiyasi Majlisi Federal Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi.

Uchrashuvda N. Ismoilov Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, keng koʻlamli oʻzaro hamkorlikda sezilarli natijalarga erishilayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.

V. Matviyenkoning taʼkidlashicha, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi parlament hamkorlik doimo ishchanlik va doʻstona muhitda oʻtmoqda.

— Parlament diplomatiyasini rivojlantirish davlat va hukumat rahbarlari oʻrtasidagi aloqalarni toʻldiruvchi Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida uch yuz ellikka yaqin hujjatdan iborat mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza yaratilgani biz uchun muhim, — deydi V. Matviyenko.

Muloqotda tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishiga ishonch bildirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?