Oldinga, faqat oldinga qarab boramiz va biz bunga har tomonlama qodirmiz...

15:09 15 Sentyabr 2021 Jamiyat
241 0

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda oʼzLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi aʼzolari, partiya faollari va deputatlar ishtirok etishdi. Taqdimot marosimini markazning Qarshi filiali direktori Nabijon YOʻldoshev ochar ekan, “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobida Yangi Oʻzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar va islohotlarning maqsadi, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida batafsil fikr yuritilgani xususida aytib oʻtdi.

Kitob taqdimoti tadbirida deputatlar, partiya faollari, shifokorlar va tibbiyot xodimlari oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 Kitobni oʻqir ekansiz, undagi har fikr har qanday qalbni toʻlqinlantirishi tabiiy, — dedi taqdimotda soʻz olgan OʼzLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi mafkuraviy targʻibot-tashviqot ishlari boʻlimi mudiri Asilabonu Sultonova. — Masalan, inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan yangi davlatni barpo etishdek buyuk xalq harakati tobora kengaymoqda. Bunday qudratli safda boʻlishning oʻzi katta baxt, katta sharafdir, deydi muallif. Yana bir oʻrinda hayot oldimizga yana koʻplab sinov va muammolarni qoʻyishi va biz har qanday kutilmagan holatga tayyor turishimiz lozim. Lekin qanchalik sermashaqqat va murakkab boʻlmasin, demokratik islohotlar yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Oldinga, faqat oldinga qarab boramiz. Va biz bunga har tomonlama qodirmiz. Chunki bugungi xalqimiz – kechagi xalq emas. Bugungi Oʻzbekiston ham – kechagi Oʻzbekiston emas. Qanchalik sermashaqqat va murakkab boʻlmasin, demokratik islohotlar yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?