Oʻktam Toʻrayev Termiz shahar hokimi etib tayinlandi

10:02 21 Sentyabr 2022 Siyosat
452 0

Tayinlovga qadar Qurilish vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Oʻktam Toʻrayev 1979-yilning 25-oktyabrida Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tugʻilgan. 2000-yilda Termiz davlat universiteti, 2002-yilda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti, 2011-yilda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U 2017-yilda Boysun tumani hokimi etib tayinlangunga qadar Muzrabot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2019-yildan  2021-yilga qadar Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?