OKMK: ruda qazib olish yillik reja muddatidan oldin bajarildi

19:10 21 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
379 0

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qator tarkibiy boʻlinmalari birin-ketin 2022-yil uchun belgilangan rejaviy vazifalarni muddatidan avval bajarishmoqda.

Jumladan, Qalmoqqir kon boshqarmasining “Sariq Choʻqqi” koni mehnat jamoasi ruda qazib olish rejasini muddatidan oldin bajarishga erishdilar.

Mehnat jamoasi tomonidan 4 million 800 ming tonna ruda qazib olindi.

Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida ushbu mehnat jamoasi tomonidan 2 million 846 ming metr kub togʻ jinsi qazib olinib, ushbu yoʻnalishda ham yillik vazifa ado etilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?