Oxirgi sutkada dunyo boʻyicha 11 mingdan ziyod inson koronavirusdan vafot etdi

14:55 20 May 2021 Dunyo
521 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 163 million 869 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 398 mingdan ziyod kishi vafot etgan (19.05.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 15:28 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 546 512 yangi holati aniqlandi.

11 335 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (20.05.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 164 million 913 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 417 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,647 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (25,496 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (15,657 milliondan ortiq),

toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,802 milliondan ortiq),

beshinchi oʻrinda esa Turkiya (5,139 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 23 942, Hindistonda 267 334, Braziliyada 29 916, Fransiyada 16 288, Turkiyada esa 11 937 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 1 milliard 536 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?