OIVga qarshi kurashga 120 milliard soʻm va 54 million dollar yoʻnaltiriladi

Foto: Illustrativ foto
“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Unga koʻra:
Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023-2027-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Maʼlumki, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2030-yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun “95-95-95” strategiyasi ilgari surilgan.
Uning doirasida OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi oʻz maqomini bilishlari, maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishi, 95 foizining qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishi kerak.
Mazkur strategiyaga muvofiq 2023-2027-yillarda Davlat byudjeti mablagʻlari, OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish boʻyicha Global jamgʻarma mablagʻlari, Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining qarz mablagʻlari hisobidan:
— aholi oʻrtasida OIV infeksiyasini erta aniqlash, tashxislash va davolash sifatini oshirish maqsadida test-tizimlari va retrovirusga qarshi vositalarni xarid qilish;
— OITSga qarshi kurash markazlari va ularning tumanlararo diagnostika laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
— mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, keng targʻibot ishlarini oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkiliy tadbirlar uchun 120 milliard soʻm va 54 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
- Rossiya Belarusda yadro quroli joylashtirishni maʼlum qildi. AQSHda xotirjamlik, Yevropa Ittifoqi esa javob berish bilan tahdid qilmoqda
- Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring