Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar beriladi

18:25 23 Iyul 2022 Jamiyat
551 0

Foto: Illustrativ foto

2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

— oilaviy tadbirkorlik, daromad topadigan faoliyat bilan shugʻullanish va faoliyatini kengaytirish istagidagi aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

— chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

— bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

— oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va taʼmirlash uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga;

— “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga – 3 yilgacha muddatga va aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?