Oilada ayollarning huquqiy himoyasini kuchaytirishimiz shart – Prezident
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Amaldagi tartibga muvofiq, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollar 30 kun muddatga alohida himoyaga olinadi. Lekin, bu muddat oʻtgandan keyin ular bilan ishlash tizimida boʻshliq boʻlib qolgan.
Bundan buyon, ayollarning tazyiq va zoʻravonlikdan himoyasi sud tomonidan kafolatli taʼminlanadi. Alohida himoyaga olish bir yilgacha muddatga belgilanadi.
Bunda:
- mahalla raisi Ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish komissiyasiga bosh boʻladi;
- mahalladagi xotin-qizlarga masʼul ayol jabrlangan ayollarga motivatsiya beradi, turmush qiyinchiliklarini yengishni oʻrgatadi, bunga psixologlarni jalb qiladi;
- hokim yordamchilari bunday oila aʼzolarining bandligini taʼminlaydi;
- profilaktika inspektori zoʻravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini oʻzgartirish choralarini koʻradi.
Senat, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olishga qaratilgan yangi tizim yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring