Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

10:42 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
4711 0

Ayni damda Ohangaron tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari XIII sessiyasi boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Sessiya ishida tashkiliy masala koʻrib chiqildi.

Tumanni 2019-yil iyun oyidan beri boshqarib kelayotgan Abduvohid Turdiboyev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Abdullayev Abdurasul Neʼmatovich Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

A. Abdullayev 1968-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida bank tizimida bir qator lavozimlarda ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari - «Oʻzbekchorvanasl» agentligi bosh direktori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Shodiyor MUTAHAROV
(
Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?