Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi korrupsiyada gumon qilinib qoʻlga olindi

09:35 04 Iyul 2025 Jamiyat
228 0

Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan mansabdor shaxs firibgarlikda gumon qilinib ushlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, u 1958-yilda tugʻilgan mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, hokimlik balansiga oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan uch xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishini vaʼda qilgan.

Mansabdor shaxs mazkur uy narxini 15 ming AQSH dollariga kelishib, bundan tashqari sud organlaridagi tanishlariga berish uchun qoʻshimcha 3,5 ming AQSH dollari talab qilgan. Jami 18,5 ming AQSH dollari talab qilgan mansabdor shaxs oldindan 9,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy boʻlimi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?