Ogohlikka chaqiruv: Ijtimoiy tarmoqlarda zararli fayllar tarqalmoqda
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda, xususan “Telegram” messenjeri orqali zararli fayllar tarqatilmoqda. Bu haqda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu fayllardan biri “222_RUYHAT_KEShENDІ_EMTIXA N_NKT_TEST_PMNO_2024_Ispravl_dokx.exe” nomida tarqalgan boʻlib, uning nomi oʻzgarishi mumkin. “Maxfiy maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun ushbu fayllarni ochmaslikni va hech kimga yubormaslikni qatʼiy tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.
Ushbu zararli fayllar messenjerlardagi kontaktlarga avtomatik ravishda yuborilib, shaxsiy maʼlumotlaringizni sizib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Dastur ishga tushirilgan taqdirda Telegram akkauntingiz xavf ostida qolishi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish uchun faqat ishonchli manbalardan olingan fayllarni ochish tavsiya qilinadi.
Bunday tahdidlardan oʻzingizni himoya qilish uchun xavfsizlik choralariga amal qilish muhimdir. Shubhali manbalardan kelgan fayllarni ochmaslik akkauntni begonalarga topshirib qoʻymaslikka sabab boʻladi.
“Agar bunday fayllarga duch kelgan boʻlsangiz, ularni oʻchirib tashlash va messenjeringiz orqali yuborilgan fayllar boʻyicha doʻstlaringizni ogohlantiring. Axborot xavfsizligini taʼminlash uchun ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Bu jarayonda barchani ogohlikka chaqirish muhim ahamiyatga ega”, deyiladi xabar mazmunida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring