Ogʻir tan jarohati olgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi

14:29 24 Yanvar 2022 Jamiyat
490 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga Xorazm viloyatidan fuqaro K.B.ning Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ogʻir tan jarohati olgan turmush oʻrtogʻi B.M.ni Oʻzbekistonga qaytarishda amaliy yordam soʻrab murojaati kelib tushgan.

Mazkur murojaat arizasi boʻyicha Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilganda, fuqaro B.M. 2019-yilning may oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaga ketganligi, 2021-yilning noyabr oyida balandlikdan yiqilib, umurtqa pogʻonasidan ogʻir tan jarohati olganligi aniqlandi.

Bugungi kunda fuqaro mustaqil harakatlana olmasligi va mehnat qilish qobiliyatini yoʻqotganligi, davolanish jarayonini davom ettirish maqsadida Oʻzbekistonga qaytishda amaliy yordam soʻragan.

Fuqaroning pasporti yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli Vakolatxona xodimlarining saʼy-harakatlari natijasida mamlakatimizning Moskva shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Vatanga qaytish guvohnomasi komissiya toʻlovlarisiz, qisqa fursatlarda tayyorlab berildi.

23-yanvar kuni fuqaro B.M. shifokor nazoratida Moskva – Toshkent aviareysi orqali Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekistonga olib kelindi.

Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi masʼul xodimlari va fuqaroning yaqin qarindoshlari kutib oldi. Yaqin qarindoshlari hamrohligida Xorazmga kuzatib qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер