Ogʻir atletikachimiz Akbar Joʻrayev Oʻzbekistonga ikkinchi oltinni keltirdi
Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining oʻn birinchi kungi musobaqalariga hozirgina ogʻir atletika bahslari yakun yasab berdi.
-109 kg vazn toifasidagi sportchilar bahsida ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Joʻrayev yakunda Olimpiya oʻyinlarining oltin medaliga sazovor boʻldi. Nihoyat medallarsiz oʻtgan bir necha kunlik noxush anʼanaga barham berildi.
Dast koʻtarishni 193 kg. bilan yakunlagan Akbar siltab koʻtarish mashqida oʻz ishtirokini 227 kg ogʻirlikdan boshladi. Yakunda bu koʻrsatkichni 237 kilogacha oshirdi va ikki kurashda 430 kilo natija bilan Olimpiya oʻyinlarining oltin medaliga sazovor boʻldi.
Kumush medalni esa asosiy raqibi – armanistonlik jahon chempioni Simon Martirosyan qoʻlga kiritdi.
Yangi Oʻzbekiston xalqiga Olimpiya oʻyinlarining navbatdagi oltin medali muborak boʻlsin!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring