Ogʻir atletika: Tursunoy Jabborova — yoshlar oʻrtasida jahon chempioni!

15:11 31 May 2021 Sport
1584 0

Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkentda yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati bahslari qizgʻin davom etmoqda.

Musobaqaning kechagi kungi bahslari ham vakillarimiz uchun omadli keldi. Unda qizlar oʻrtasida -87 kg vazn toifasida supachaga chiqqan hamyurtimiz Tursunoy Jabborova yoshlar oʻrtasida Jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Quvonarlisi, Jabborovaga dast koʻtarish mashqida ham, siltab koʻtarishda ham teng keladigan raqib topilmadi. Barcha imkoniyatlaridan unumli foydalangan Tursunoy dast koʻtarish mashqida eng yaqin taʼqibchisini 18 kg.ga ortda qoldirgan boʻlsa, siltab koʻtarish bahsida 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan AQSH terma jamoasi vakilasi Elizabet Ovensdan naqd 15 kg.ga oʻzib ketdi. Umumiy hisobda Tursunoy ikki kurashda kumush medalga sazovor boʻlgan raqibasini 33(!) kilolik farq bilan ortda qoldirdi va haqli ravishda 1-oʻrinni egalladi.

Shu tariqa, Tursunoy Jabborova terma jamoamiz hisobiga yana uchta oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

Yoshlar oʻrtasida jahon chempionati

Ayollar, -87 kg

1. Tursunoy Jabborova (Oʻzbekiston) – 244 (111 + 133) kg;

2. Elizabet Ovens (AQSH) – 211 (93 + 118) kg;

3. Yekta Jamali (Eron) – 208 (92 + 116) kg.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?