Ogʻir atletika: Hindistonda oʻtayotgan Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi
Hindistonda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Unda yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
-55 kg. vazn toifasidagi oʻsmir qizlar bahsida ishtirok etgan Ziyoda Xudoyqulova dast koʻtarish mashqida 78 kg. bilan oltin, siltab koʻtarishda 88 kg. hamda ikki kurash boʻyicha 166 kg. bilan bronza medallariga sazovor boʻldi.
Shuningdek, ushbu vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi musobaqada Nigora Abdullayeva dast koʻtarishda 80 kg., siltab koʻtarishda 101 kg. va umumiy hisobda 181 kg. natija koʻrsatib, uchta kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring