Ogʻir atletika: Doston Yoqubov jahon chempioniga aylandi

20:19 10 Dekabr 2021 Sport
1482 0

Ogʻir atletikachimiz Doston Yoqubov bugun kun qahramoniga aylandi. 2 yillik tanaffusdan keyin katta sportga qaytgan polvonimiz -67 kg. vazn toifasida jahon chempioniga aylandi. 

«Avvalambor, Prezidentimizga, Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasiga, Kasaba uyushmalari federatsiyasiga, ushbu arenaga qoʻllab turish uchun kelgan muxlislar va oilamga katta rahmat aytaman. Ularning qoʻllashi bilan shunday gʻalabani qoʻlga kiritdim. 

Murabbiylarim men bilan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida kamchiliklarim ustida tinimsiz ishlashdi va hozir uning natijasini koʻrib turibmiz. Bu hali boshlanishi. Kelgusida bundanda katta gʻalabalar bilan Yangi Oʻzbekistonimizga yangi gʻalabalar taqdim qilaman», dedi Doston Yoqubov.

Shuningdek, bellashuvlarda kichik bronza medali sohibi boʻlgan Adhamjon Ergashev ham bugungi ishtirokidan mamnun ekanini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?