Oʻzbekiston ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatini beshta medal bilan yakunladi

12:08 17 Dekabr 2022 Sport
756 0

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi

Kolumbiyada ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiligi oʻz poyoniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida +109 kg vazn toifasidagi polvonlar supaga chiqishdi.

Maʼlum qilganimizdek, unda Akbar Joʻrayev yurtimiz sharafini himoya qilishi kerak edi. Biroq Joʻrayev soʻnggi tayyorgarlik jarayonida kichik jarohat olgani bois murabbiylar shtabi tavakkal qilib uni supaga chiqishini istamadi. Afsuski, Olimpiada chempioni bu dunyo birinchiligini medalsiz yakunladi.

Oʻzbekiston terma jamoasining musobaqadagi ishtirokiga toʻxtaladigan boʻlsa, hamyurtlarimiz chempionatda 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza, jami 5 ta medalga sazovor boʻlishdi. Bu bilan medallar jamgʻarish boʻyicha terma jamoamiz oltinchi natijani qayd etdi. Erkaklar oʻrtasida esa 3 ta oltin medal bilan toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarildik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?