Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatiga rasman start berildi(fotoreportaj)

Foto: Hasan Paydoyev ("Xalq so'zi")
Bugun poytaxtimizda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionati start oldi. Biroz avval “Oʻzbekiston” sport majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlash joiz, ushbu musobaqa Tokio — 2020 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qilishi bilan yana-da ahamiyatli. Buni marosimda soʻzga chiqqan rasmiylar alohida taʼkidlashdi. Tadbirda Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Jalud hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov soʻzga chiqishdi.
“Yil boshidan beri poytaxtimiz bir necha nufuzli xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilib kelmoqda. Jumladan, shu paytga qadar dzyudo boʻyicha «Katta Dubulgʻa” turniri, professional boks kechasi, yengil atletika boʻyicha 3-Toshkent xalqaro marafonini yuqori saviyada tashkil etdik. Kuni kecha Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi. Bugun esa barchamiz ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatining ochilish marosimida diydorlashib turibmiz. Muhtaram Prezidentimiz belgilab bergan vazifalar asosida biz joriy yilning oʻzida Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda 20 dan ziyod xalqaro musobaqalarni oʻtkazishni maqsad qilganmiz. Shak-shubhasiz, bunday nufuzli tadbirlar aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Yurtboshimiz ilgari surayotgan gʻoya – Sogʻlom turmush tarzini targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur masʼuliyatli musobaqalarda barcha sportchilarga omad, kuch va zafarlar tilab qolamiz», — dedi Rustam Shoabdurahmonov.
MOQ raisi musobaqani rasman ochiq deb eʼlon qilgach, davlatimiz madhiyasi yangradi. Shundan soʻng marosimning badiiy qismiga navbat berildi. Uni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi harbiy orkestri koʻtarinki kayfiyatda boshlab berdi. Shundan soʻng turli badiiy jamoalarning yosh raqqoslari ijrosidagi raqs va oʻyin-kulgular muxlislar eʼtiboriga havola etildi.
Reglamentga koʻra, bugun ayollar oʻrtasida -49 kg vazn toifasida Osiyo chempionatining ilk gʻolib va sovrindorlari aniqlab olinadi. Hamyurtlarimizning ishtiroki esa ertaga boshlanadi.
Hasan Paydoyev ("Xalq so'zi") olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring