Ofatlar oqibatida yoʻqolgan hujjatni tiklashda toʻlov undirilmaydi

“Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston va xorijiy davlatda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (ofatlar) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan hujjatlarni tiklashda ular davlat boji va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ofatlar yuz berganligini tasdiqlash, zarurat boʻlganda, hujjatni tiklash vakolati boʻlgan davlat organining soʻroviga asosan:
Oʻzbekiston hududida – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan beriladigan maʼlumotnoma asosida;
Xorijiy davlatlar hududida – xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan berilgan va legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan yoxud xalqaro shartnomalarga muvofiq rasmiylashtirilgan maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston hududida ofatlar yuz berganligi oqibatida hujjatlarni tiklaganlik uchun undirilmagan toʻlovlar, mazkur holatlar yuzasidan aybdor shaxslar (tashkilotlar) mavjud boʻlsa, keyinchalik ulardan regress tartibida undiriladi.
Ofatlar yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz hujjatlar yoʻqotilsa yoki yaroqsiz holga kelsa, ularga nisbatan jazo choralari qoʻllanilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring