OʻFA Ijroiya qoʻmitasi qarori: terma jamoalar bosh murabbiylari endi klublarda ham faoliyat olib borishmaydi

Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari va futbol mutaxassislari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 2020-yilgi hisobot Kongressini oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi. Unda mazkur hisobot Kongressi shu yil 19-dekabr kuni “Zarafshon” kinokonsert zalida boʻlib oʻtishi rejalashtirildi. Shuningdek, yigʻilishda OʻFAning Hakamlik-inspektorlik qoʻmitasining yangi tarkibi hamda hududiy futbol assotsiatsiyalarining 2021-yil uchun moʻljallangan namunaviy tuzilmasi va xarajatlar smetasi muhokama etildi hamda tasdiqlandi.
Qolaversa, yigʻilishda Oʻzbekiston Superliga jamoalari uchun futbolchilarning jismoniy holatini tekshirish, kuzatib borish kabi kerakli maʼlumotlarni taqdim etadigan Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan taklif etilgan “Fitogether” zamonaviy texnologik qurilmasini amaliyotga tatbiq etish masalasi koʻrib chiqildi.
Yigʻilish davomida OʻFA Texnik direktori lavozimi vaqtincha vakant boʻlganligi sababli ushbu lavozimga mahalliy mutaxassis Sergey Arslanov tayinlandi. UEFA Assist loyihasi doirasida xorijiy mutaxassis yordamida uning doimiy ravishda malaka oshirishini tashkil etish belgilandi.
Bundan tashqari, turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston terma jamoalari bosh murabbiylarining terma jamoadan tashqari futbol klublarida ishlash masalasi ham muhokama qilindi. Ijroiya qoʻmitasi aʼzolarining muhokamalaridan soʻng Oʻzbekiston milliy hamda U-22, U-19 terma jamoalari bosh murabbiylariga keyingi mavsumdan faqatgina terma jamoalarda faoliyat olib borishi belgilandi.
Bundan xulosa qiladigan boʻlsak, yangi mavsumdan boshlab Vadim Abramov “Bunyodkor”da, Ravshan Haydarov “Surxon”da, Temur Kapadze esa “Lokomotiv”da faoliyat olib borolmaydi, aksincha butun eʼtiborini terma jamoaga qaratishadi. Bu esa shubhasiz oʻzbek futbolining xalqaro mavqeini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Kun tartibidan oʻrin olgan boshqa masalalar ham qoʻmita aʼzolari tomonidan tegishli tartibda koʻrib chiqildi va istiqboldagi vazifalarni samarali tarzda amalga oshirish boʻyicha takliflar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring