Rahbarlikka tacodifan kelib qolishning oldi olinadi — Shavkat Mirziyoyev

16:21 04 Avgust 2022 Siyosat
663 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz hayoti uchun gʻoyat muhim masala - davlat xizmatini isloh qilish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni oʻstirish tizimi joriy qilinishini taʼkidladi.

«Biz davlat xizmatini mahallaga tushirish boʻyicha katta islohotlarni boshladik. Har bir mahallada – rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlardan iborat yaxlit tizim yaratildi.

Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini oʻz koʻzi bilan koʻrib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi», dedi davlatimiz rahbari.

Shuning uchun, 1-noyabrdan:

— eski namunadagi “obyektivka”dan voz kechilib, ilgʻor IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga oʻtiladi;

— xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va koʻrsatgan natijalari asosiy mezon boʻlishi shart.

“Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi”, dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер