Odam savdosi jinoyatiga oid maʼlumotlarning yagona axborot bazasi yuritiladi

14:58 23 Noyabr 2021 Jamiyat
282 0

Hukumat qarori (708-son, 22.11.2021-y.) bilan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan yuritiladi.

Bazaga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:

— odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar;

— odam savdosidan jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar — ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga koʻrsatilgan yordam natijalari;

— jinoyat sodir etish usullari va boshqa axborotlar.

Maʼlumotlardan odam savdosiga qarshi kurashishdagi vakolatli organlar foydalanishi uchun Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy boʻlinmalariga yozma yoki elektron shaklda soʻrovnoma yuboradi.

Soʻrovnoma tushganidan soʻng uning natijasi boʻyicha besh kunda javob yuboriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?