Obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” tizimida inson omilisiz oʻtkaziladigan tender savdolari orqali aniqlanadi

Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov maʼlum qildi.
Endilikda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida oʻtkazilgan tender savdolari yakuni, shuningdek, buyurtmachi bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasidagi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat ishlarini bajarish toʻgʻrisidagi shartnomalar mazkur tizimda elektron raqamli imzo orqali tuziladi.
Hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi. Asosiysi, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring