OAV vakillari Sirdaryodagi holat bilan yaqindan tanishishdi

“Sardoba” suv ombori toʻgʻoni oʻpirilishi fuqarolarning uylari, omborxona, tomorqa va ekinzorlariga jiddiy shikast yetkazdi. Talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlarida Mudofaa vazirligi barcha harbiy okruglaridan kelgan harbiy xizmatchilar yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish ishlarini jadallik bilan olib borishmoqda.
Taʼkidlash kerakki, qisqa muddat ichida harbiy xizmatchilar tomonidan talafot yetgan hududlarda amalga oshirilgan taʼmirlash, tiklash ishlari natijasida fuqarolar oʻz uylariga qaytib kirmoqda. Shuningdek, suv toshqini oqibatida buzilib ketgan yoʻllar va koʻpriklarning ham foydalanishga topshirilayotgani aholini mamnun qilyapti.
Bir necha kun davomida ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalarida Sirdaryodagi holat boʻyicha bildirilayotgan turli fikr va mulohazalar ayrim tushunmovchiliklarga sabab boʻlayotgandi. Shuning uchun kecha, 16-may kuni Mudofaa vazirligi hamda boshqa masʼul tashkilotlar hamkorligida respublikada faoliyat koʻrsatayotgan elektron nashrlar xodimlari, blogerlar va jurnalistlarga joylarda olib borilayotgan ishlar boʻyicha yaqindan maʼlumotlar berildi. Ular bevosita oʻzlari koʻrib, jarayon bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari aholisiga koʻrsatilayotgan amaliy yordamlarni yaqindan koʻrib, tanishib, bu haqda ommaga haqqoniy va tezkor xabarlarni yetkazish uchun kerakli maʼlumotlar oldilar. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring