OAV vakillari akkreditatsiya guvohnomalarini uchastka saylov komissiyasi talabiga binoan koʻrsatishlari shart

07:23 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
169 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni. Mazkur siyosiy jarayon ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib boriladi. 

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga binoan, saylov jarayonlarini yorituvchi OAV vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

Saylov jarayonlarini saylov uchastkalaridan turib yoritish uchun OAV vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan akkreditatsiya guvohnomalarini uchastka saylov komissiyasining talabiga binoan koʻrsatishlari shart.

Akkreditatsiya guvohnomalar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan koʻrsatilgandagina haqiqiy deb topiladi.

Akkreditatsiya guvohnomasini taqdim etmagan yoki taqdim etishdan bosh tortgan OAV vakillari uchastka saylov komissiyasining saylov hamda ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin emas.

Shuningdek, akkreditatsiyadan oʻtmagan OAV vakillari uchastka saylov komissiyasining yakuniy bayonnomalaridan nusxa olishlari taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?