Nutqida, eshitish va koʻrishida ogʻir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi

Foto: Arxiv surat
Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi:
— nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);
— eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);
— koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlar, bir koʻzi soqqasi yoʻqligi (anoftalm), ambliopiya va gʻilay boʻlgan zaif koʻradiganlar);
— tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqa, boʻgʻimlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish aʼzosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tugʻruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish aʼzolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari);
— psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);
— murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);
— sil kasalligining ilk koʻrinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xoʻjalikdan) boʻlib aloqada boʻlganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring